Bugun 4 mart, 2026 yil, chorshanba

КИР

Eronning raketa salohiyati sekin zaiflashmoqda, yangi rahbariyat bilan hamkorlik imkoniyati ochiq — Tramp

Eronning raketa salohiyati sekin zaiflashmoqda, yangi rahbariyat bilan hamkorlik imkoniyati ochiq — Tramp

Politico nashrining AQSh prezidentiga tayanib xabar berishicha, Eron raketa uchirish qurilmalarini yo‘qotmoqda va uning harbiy salohiyati asta-sekin zaiflashmoqda.

Donald Tramp Tehron hali ma’lum muddat raketa zarbalarini davom ettirishi mumkinligini, biroq umumiy imkoniyatlari kamayib borayotganini bildirgan.

Tramp, shuningdek, AQShda yetarli miqdorda qurol-yarog‘ zaxirasi mavjudligini va ishlab chiqarish sur’ati oshirilayotganini qayd etdi. Ayni paytda ayrim qonun chiqaruvchilar mamlakatda havo mudofaa tizimlari yetishmasligi mumkinligi haqida xavotir bildirmoqda.

AQSh yetakchisi agar Eronda yangi rahbariyat shakllansa, Qo‘shma Shtatlar ular bilan hamkorlik qilish imkoniyatini ham rad etmasligini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 17:50. O'qildi: 795 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!