Eronlik diniy rahbarlaridan biri Trampni "Xudo dushmani" deb e’lon qildi va o‘lim fatvosini chiqardi.
Eronning eng nufuzli diniy rahbarlaridan biri, Grand oyatulloh Nasir Makarem Shirazi, hamda Tehrondagi yana bir katta ayatolloh Nuri Hamedoni AQSh prezidenti Donald Tramp va Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahuni “Xudo dushmani” deb e’lon qilishdi.
Ular maxsus diniy hukm — fatvo chiqarib, kimki Islom olami rahbarlariga tahdid qilsa yoki ularga qarshi harakat qilsa, u "muxarib" (ya’ni Xudoga qarshi urush olib boruvchi) sifatida qaralishi va islomiy shariatga muvofiq jazolanishi lozimligini ma’lum qilishdi. Bu jazo – shariatda o‘lim bilan jazolanadigan jinoyat hisoblanadi.
Fatvoga sabab sifatida Donald Trampning Eron oliy rahbari Xomanaiy haqidagi so‘zlari keltirildi. Tramp yaqindagi intervyuda aytgan edi:
"Biz aniq bilamiz, Xomanaiy qayerda yashirinayotganini. U — yengil nishon. Hozircha u xavfsiz, lekin bu uzoq davom etmaydi."
Bu bayonotlar Eron mullalarining qattiq e’tiroziga sabab bo‘ldi. Makarem Shirazi o‘z fatvosida shunday yozadi:
"Har qanday rejim yoki shaxs, agar Islom rahbarlarini tahdid qilsa, yoki tahdidlarni amalga oshirsa — u Xudoga qarshi urush boshlagan muxaribdir. Bu insonlarning jazosi — o‘limdir."
Shuningdek, ular butun dunyo musulmonlarini Tramp va uning tarafdorlariga qarshi harakat qilishga chaqirishdi. Fatvada aytilishicha,
"Har qanday musulmon, agar bunday dushmanlarga yordam bersa yoki sukut saqlasa, u ham gunohkor hisoblanadi."
Bu fatva diniy nuqtai nazardan katta ahamiyatga ega va amalda xalqaro miqyosda siyosiy tahdid sifatida qabul qilinmoqda.
Ayni paytda, Tramp shaxsan Xomanaiyni o‘ldirish niyati borligini aytmagan bo‘lsa-da, Eronning yadroviy ob’ektlariga qilingan zarbalar va uning rahbarlari haqidagi bayonotlari diniy va siyosiy doiralarda qattiq tanqidlarga sabab bo‘ldi.