Isroil bosh vazirining boshqa bayonotlari:
◾️ Suriya, Iroq va Yamandagi turli jangari guruhlar, shuningdek, Eron hukumati Isroil davlatini yo‘q qilish uchun harakat qilmoqda;
◾️ Eronda hamon boyitilgan uran mavjud va AQSh prezidenti Donald Tramp ta’kidlaganidek, ular mamlakatdan olib chiqib ketilishi shart. Bu kelishuv orqali yoki boshqa usullar bilan amalga oshiriladi;
◾️ Agar men bir yil oldin sizlarga “Dunyoning eng qudratli davlati hisoblanuvchi AQSh qariyb 40 kun davomida umumiy dushmanimiz bo‘lgan Eronga qarshi biz bilan yelkama-elka turib jang qiladi”, desam bunga kim ham ishonardi? Lekin bularning bari biz harakatga tushganimiz uchun sodir bo‘ldi. Biz harakat qildik, biz hujum qildik;
◾️ Livan so‘nggi bir oy ichida Isroilga tinchlik muzokaralarini boshlash taklifi bilan bir necha marta murojaat qildi;
◾️ Isroil “Hizbulloh”ni qurolsizlantirishga va chinakam tinchlik bitimi tuzilishiga erishishga intilmoqda.