Bugun 30 mart, 2026 yil, dushanba

КИР

Erondagi urush yoqilg‘i bozori uchun ancha jiddiy oqibatlarni keltirishi mumkin

Erondagi urush yoqilg‘i bozori uchun ancha jiddiy oqibatlarni keltirishi mumkin

Energetika sohasidagi yirik neft-gaz kompaniyalari rahbarlari Erondagi urush yoqilg‘i narxlariga bozorlar kutganidan ham kuchliroq ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini bildirdi. Bu haqda CNBC telekanali CERAWeek energetika konferensiyasiga tayanib xabar bermoqda.

Mutaxassislarning baholashicha, asosiy muammo faqat narxlarning oshishida emas, balki ta’minotdagi haqiqiy uzilishlar xavfida hamdir. Ho‘rmuz bo‘g‘ozi orqali jahon nefti va suyultirilgan gazining taxminan 20 foizi o‘tadi va bu hududdagi har qanday uzilishlar global bozorga darhol ta’sir ko‘rsatadi.

Bozor ishtirokchilarining qayd etishicha, mavjud vaziyat allaqachon yoqilg‘ining jismoniy yetib borishiga ta’sir ko‘rsata boshlagan, ayniqsa bu Osiyoda yaqqol ko‘zga tashlanmoqda. Keyinchalik bu xatarlar Yevropaga ham tarqalishi mumkin. Dizel va aviasiya yoqilg‘isi kabi neft mahsulotlari narxlari allaqachon o‘sishni boshlagan, biroq soha vakillariga ko‘ra, bozorlar hali ham ehtimoliy inqiroz miqyosiga to‘liq baho berolmayapti.

"Hatto vaziyat yumshagan taqdirda ham, oqibatlar tezda bartaraf etilmaydi: ta’minot va zaxiralarni tiklash vaqt talab qiladi va bu narxlarning yuqori darajada saqlanib qolishiga olib keladi", deyiladi maqolada.

Kiritildi: Bugun 14:10. O'qildi: 360 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!