Bugun 4 sentyabr, 2026 yil, juma

КИР

Erondagi to‘y marosimiga uyushtirlgan AQSh hujumi natijasida qurbonlar bo‘lganlar soni 5 kishiga yetdi

Erondagi to‘y marosimiga uyushtirlgan AQSh hujumi natijasida qurbonlar bo‘lganlar soni 5 kishiga yetdi

Eronning Sirik shahridagi to‘y marosimiga uyushtirilgan AQShning zarbasi natijasida halok bo‘lganlar soni besh kishiga yetdi.

Bu haqda Hormozgon Tibbiyot fanlari universiteti xabar bermoqda.

Xabarga ko‘ra, 22 yoshli Osiyo Mollayinejod bugun tushdan keyin olgan jarohatlaridan vafot etdi va qurbonlar soni besh kishiga yetdi.

Bundan tashqari, 70 kishi jarohat oldi, ularning aksariyati allaqachon uyiga yuborilgan, ammo ba’zilarining ahvoli og‘ir. Shuning uchun, qurbonlar sonining ko‘payishini istisno qilib bo‘lmaydi.

Eslatib o‘tamiz, Eron sog‘liqni saqlash vaziri Muhammad Rizo Zafargandi AQShning Hormuz bo‘g‘ozidagi pozisiyalarga bergan zarbalari natijasida 18 kishi halok bo‘lganini va 100 dan ortiq kishi yaralanganini ma’lum qildi.

Kiritildi: Bugun 08:40. O'qildi: 276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!