Bugun 8 yanvar, 2026 yil, payshanba

КИР

Eronda vaziyat keskinlashganda oyatulloh Ali Xomanaiy qayerga evakuasiya qilinadi?

Eronda vaziyat keskinlashganda oyatulloh Ali Xomanaiy qayerga evakuasiya qilinadi?

Eronda vaziyat keskinlashganda oyatulloh Ali Xomanaiyni Moskvaga evakuasiya qilish rejasi ishlab chiqilgan — The Times.

Nashrga taqdim etilgan razvedka hisobotiga ko‘ra, Eronning oliy yetakchisi, 86 yoshli oyatulloh Ali Xomanaiy agar xavfsizlik kuchlari noroziliklarni bostira olmasa yoki armiya va xavfsizlik kuchlari namoyishchilar tomon o‘tib ketsa, mamlakatdan qochish uchun maxsus rejaga ega.

Gazetaning yozishicha, bunday vaziyat yuzaga kelganda Xomanaiy taxminan 20 nafar eng yaqin yordamchilari va ularning oilalari bilan birga Tehronni tark etishni rejalashtirgan.

“B rejasi” Xomanaiy va uning juda tor doiradagi safdoshlari hamda oilasi, jumladan uning o‘g‘li va vorisi Mojtaba uchun mo‘ljallangan, deya ma’lum qilgan The Times razvedka idoralaridagi manbalariga tayanib.

Maqolada ta’kidlanishicha, oyatulloh Xomanaiyning bu rejasi uning ittifoqchisi Suriya yetakchisi Bashar Asadning qochish rejasiga asoslangan. Bashar Asad 2024 yil dekabrida muxolifat kuchlari poytaxtni shturm qilishni boshlashidan oldin oilasi bilan samolyotda Damashqdan Moskvaga uchib ketgan edi.

28 dekabrdan beri Eronda hukumatga qarshi keng ko‘lamli norozilik namoyishlari davom etmoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp esa Erondagi namoyishlar zo‘ravonlik bilan bostirilsa, Vashington harbiy aralashuvga tayyorligini bildirgan. Bunga javoban Eron Milliy xavfsizlik kengashi kotibi Ali Larijaniy AQShning Eron ichki ishlariga aralashuvi butun mintaqada barqarorlikni buzishini aytib, bu Amerika manfaatlariga zarar yetkazishidan ogohlantirgan.

Kiritildi: 18:00 05.01.2026. O'qildi: 1201 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!