Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Eronda qo‘lga olingan rus jurnalisti vataniga qaytdi

Eronda qo‘lga olingan rus jurnalisti vataniga qaytdi

Eron rasmiylari o‘tgan haftada Tehronda ushlangan rossiyalik jurnalist ayol – Yuliya Yuzikni ozod qildi.

“U Moskvaga qaytib keldi“ deya xabar beradi “RIA Novosti“ Rossiyaning Erondagi elchixonasi ma’lumotiga tayangan holda.

Xabarda Yuliya Yuzikdan Eronda qo‘yilgan ayblar olib tashlangani yo tashlanmagani haqida, umuman ayblov qo‘yilgan yoki qo‘yilmagani haqida ma’lumot yo‘q.

Taklifnoma bo‘yicha Eronga kelgan jurnalist Yuliya Yuzik oktyabr oyi boshlarida Tehronda qo‘lga olingan edi. Aeroportning o‘zidayoq uning pasportini olib qo‘yishdi, hamda mamlakatni tark etish chog‘ida qaytarib berishlarini aytishdi.

Eron Tashqi ishlar vazirligi 4 oktyabr kuni Yuzik “tushuntirish berish maqsadida” ushlanganini izohladi va tez orada ozod bo‘lishini va’da berishgan.

Eron rasmiylarining aytishicha, jurnalistning ushlanishiga viza bilan bog‘liq muammo sabab bo‘lgan.

Yuzikni ozod qilish talabini “Chegara bilmas reportyorlar” tashkiloti ham ilgari surdi.

Ma’lumot o‘rnida, Yuliya Yuzik – terrorchi ayollar va Beslan fojiasi haqidagi kitoblarning muallifidir.

Kiritildi: 21:30 10.10.2019. O'qildi: 1462 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!