Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Eronda maxfiy harbiy baza namoyish etildi

A A A
Eronda maxfiy harbiy baza namoyish etildi

Eron qurolli kuchlarining maxsus bo‘linmasi bo‘lmish Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi (IRQK) oliy qo‘mondonligi mamlakat harbiy-dengiz kuchlari uchun yashirin yerosti bazasini fosh qildi. Bu haqda SNN agentligi xabar berdi .

“Ushbu baza nafaqat mamlakat dengiz kuchlarining ko‘rsatkichi, balki dengiz floti tashkil topganidan beri mavjud bo‘lgan keng qamrovli sanksiyalar ustidan xalq irodasi g‘alaba qozonganidan dalolatdir”, — deyiladi bayonotda.

Qayd etilishicha, bazaning namoyishida IRQ Oliy qo‘mondoni Husayn Salamiy ishtirok etgan. Uning ta’kidlashicha, ko‘rsatilgan qayiqlar "korpusning jangovar salohiyatining faqat kichik bir qismidir".

Kiritildi: 03:32 20.01.2025. O'qildi: 4279 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!