Bugun 14 iyun, 2025 yil, shanba

КИР

Eronda ilk havo taksisi ishga tushirildi

A A A
Eronda ilk havo taksisi ishga tushirildi

Eron 24 may kuni mamlakatdagi birinchi havo taksisini rasman ishga tushirdi. Bu haqda IRNA agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, havo taksisining birinchi reysi Keroj va Qazvin shaharlarini bog‘lab, muntazam qatnovlarning boshlanishi bo‘lgan.

“Havo taksisining ishga tushirilishi katta istiqbollarni va’da qiluvchi muhim yutuqdir”, deydi Eron Aloqa va axborot texnologiyalari vazirligi huzuridagi Maxsus iqtisodiy zona (MIZ) va Payam xalqaro aeroporti bosh direktori Muhsin Hasanlu.

Hasanluning so‘zlariga ko‘ra, yangi transport turi Payam EIZga yangi investisiyalarni jalb qilish, milliy iqtisodiyotni rag‘batlantirish va Alborz viloyatini rivojlantirishga yordam beradi. Bundan tashqari, aholining aviasiya xizmatlaridan keng foydalanishi uchun qulay sharoitlar yaratiladi.

“Havo taksisining joriy etilishi kam yuklangan havo yo‘nalishlarini jonlantirishda muhim rol o‘ynaydi”, deydi Hasanlu.

Eronda birinchi havo taksisining ishga tushirilishi mamlakat transport infratuzilmasini modernizasiya qilish va aviasiya xizmatlaridan foydalanish imkoniyatlarini kengaytirishda muhim qadam sifatida baholanmoqda.

Kiritildi: 20:10 25.05.2025. O'qildi: 849 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!