Bugun 4 iyul, 2025 yil, juma

КИР

Eronda bir ayolni zo‘rlagan besh erkak qatl etildi

A A A
Eronda bir ayolni zo‘rlagan besh erkak qatl etildi

Eron ommaviy axborot vositalari mamlakat Oliy sudining Marandda bir ayolni guruh bo‘lib zo‘rlagani uchun hukm chiqarganidan so‘ng besh erkak qatl etilganini xabar qildi.

Tasnim agentligi xabariga ko‘ra, ushbu hukm 9-avgust, chorshanba kuni amalga oshirilgan.

Eron sud muassasalari o‘tgan yili bir ayol o‘g‘irlab ketilganidan keyin besh erkak tomonidan guruhli ravishda zo‘rlanganini aytdi.

Ularning so‘zlariga ko‘ra, hibsga olingan shaxslar so‘roq paytida o‘z jinoyatlariga iqror bo‘lgan.

Zo‘rlashda ayblangan barcha besh kishi o‘lim jazosiga hukm qilindi va ularning o‘lim jazosi Eron Oliy sudi tomonidan ma’qullangandan keyin amalga oshirildi.

Inson huquqlari tashkilotlarining munosabatiga qaramay, Eron jinoyatchilarni qatl etishda davom etmoqda.

Eronda qatllarning davom etishidan xavotir bildirgan Xalqaro Amnistiya tashkiloti bu mamlakatda faqat oxirgi 5 oy ichida giyohvand moddalar bilan bog‘liq jinoyatlar uchun 173 kishi qatl etilganini bildirdi.

Kiritildi: 21:47 09.08.2023. O'qildi: 3449 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!