O‘zbekistonlik bloger miller_m.2 Eronga safari chog‘ida mamlakatdagi benzin narxi haqida gapirdi.
Uning aytishicha, Eronda benzin O‘zbekiston benziniga qaraganda 30 barovar arzon ekan. Blogerning aniqlashicha, Eronda yoqilg‘i narxi O‘zbekistonnikidan 30 barovar arzon, ya’ni O‘zbekistondagi eng arzon benzin (AI-80) “O‘zbekneftgaz” yoqilg‘i quyish shoxobchalarida 6900 so‘mdan sotilmoqda. Eronda esa eng arzon benzin narxi 2110 rial (640 so‘m)ni tashkil qiladi.
Shunday qilib, Eronda 1,5 dollarga 30 litr benzin sotib olish mumkin ekan, O‘zbekistonda esa atigi ikki litr.