Fars agentligi mamlakatning turli hududlaridagi strategik ob’ektlar atrofida to‘plangan fuqarolar tasvirlarini e’lon qildi.
Jumladan, Tabriz aholisi mahalliy issiqlik elektr stansiyasi oldida bayroq va plakatlar bilan saf tortgan.
Shuningdek, Dezfuldan kelgan talabalar 1700 yildan ortiq tarixga ega bo‘lgan qadimiy ko‘prik ustida jamlangan.
Kazerunda ham issiqlik elektr stansiyasi oldida mahalliy aholi tomonidan “inson zanjiri” tashkil etilgan.
Ma’lum qilinishicha, bunday aksiyalar muhim infratuzilmalarni qo‘llab-quvvatlash va birdamlikni namoyish etish maqsadida o‘tkazilmoqda.