Eron Islom inqilobi sudining Urmiyadagi bo‘limi 31 yoshli Idris Ali ismli shaxsni «Isroil foydasiga josuslik»da ayblab, o‘lim jazosiga hukm qildi.
Bu haqda «Amerika Ovozi» radiosining forscha tahririyati ma’lum qildi.
Ma’lum qilinishicha, Idris Ali G‘arbiy Ozarbayjon viloyatining Sardasht tumanida yashovchi, ikki farzandning otasi. Ma’lumotlarga ko‘ra, u o‘z aybiga iqror bo‘lgan.
Idris Ali uch oy oldin hibsga olingan edi. U bilan birga yana 8 kishi hibsga olingan. Ulardan besh nafari garov evaziga ozod qilingan, uch nafari esa qamoqda.