Bugun 15 dekabr, 2024 yil, yakshanba

КИР

Eron zarbasiga javob berish Isroilning «huquqi va mas’uliyati»,- Netanyaxu

Eron zarbasiga javob berish Isroilning «huquqi va mas’uliyati»,- Netanyaxu

Benyamin Netanyaxuning aytishicha, Eron zarbasiga javob berish Isroilning «huquqi va mas’uliyati».

«Dunyodagi hech bir davlat o‘z shaharlari va fuqarolariga bunday hujumni qabul qilmaydi», deb ta’kidladi Isroil Bosh vaziri 1 oktyabr kuni Eronning yirik raketa hujumiga ishora qilib. U yana bir bor bu hujum «javobsiz qolmasligiga» va’da berdi.

Biroq Netanyaxu bu javob qanday bo‘lishini va qachon bo‘lishini aytmadi. Sky News Arabia telekanaliga ko‘ra, gap Tehron Yaqin Sharqdagi ittifoqchi jangari islomiy guruhlarni qo‘llab-quvvatlash uchun foydalanadigan infratuzilma ob’ektlariga zarba berish haqida ketayotgan bo‘lishi mumkin.

Jo Bayden avvalroq Isroilning Eron neft inshootlariga hujum qilishi ehtimoli haqida gapirgan edi. Shu bilan birga, AQSh prezidenti Netanyaxu hukumatini «boshqa muqobillar haqida o‘ylashga» chaqirdi. Shunga qaramay, uning so‘zlari neftning jahon narxlarida sakrashga sabab bo‘ldi.

Kiritildi: 13:14 06.10.2024. O'qildi: 824 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!