Bu haqda Eron Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusining rivojlanish va qurollanish komissiyasi sobiq kotibi, brigada generali Ibrohim Rustamiy ma’lum qildi.
General chorshanba kuni Eron ommaviy axborot vositalariga Isroilning Eronga zarba berish tahdidi fonida yadroviy bo‘lmagan harbiy doktrinani qayta ko‘rib chiqishga chaqiriqlarini izohlar ekan, "Bizda yadroviy quroldan sezilarli darajada ustun bo‘lgan qurollarimiz bor", dedi. Harbiy rahbar, shuningdek, bu qurol haqidagi ma’lumotlar qattiq sir tutilishini qo‘shimcha qildi.