Bugun 4 may, 2026 yil, dushanba

КИР

Eron uranni boyitishda 15 yillik pauzaga rozi bo‘lishdan bosh tortdi

Eron uranni boyitishda 15 yillik pauzaga rozi bo‘lishdan bosh tortdi

AQShga vositachilar orqali yetkazilgan Eron takliflari uning uranni boyitish dasturini 15 yilga to‘xtatib turishni o‘z ichiga olmaydi.

Bu haqda Fars axborot agentligi xabar berdi.

Xabarga ko‘ra, Tehronning javob paketida Vashington bilan yakuniy kelishuvga erishilgunga qadar Hormuz bo‘g‘ozini tijorat kemalari uchun ochish to‘g‘risidagi band ham mavjud emas.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Eron tomoni to‘qqiz banddan iborat Amerika tashabbusiga javoban 14 banddan iborat taklif tayyorlagan.

Fars agentligi Tehron muzokaralar yakunlanmaguncha uranni boyitishni uzoq muddatli muzlatish va Hormuz bo‘g‘ozini ochishni talab qiluvchi shartlarni qabul qilmaganini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 11:20. O'qildi: 282 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!