Eron uranni boyitish uchun yangi sentrifugalarni ishga tushirdi. Bu haqda mamlakat parlamenti raisi Muhammad Bag‘ir G‘olibaf ma’lum qildi.
"Eronning javobi asosli hisoblanadi, chunki MAGATE Kengashidan adolatsiz siyosiy maqsadlarda foydalanishmoqda", — deya izoh berdi G‘olibaf.
Ma’lumot uchun, uranni boyitish uchun sentrifugani ishga tushirish yadro qurolini yaratish uchun zaruriy qadamlardan biridir.