Bugun 26 iyul, 2025 yil, shanba

КИР

Eron uranni boyitish uchun yangi sentrifugalar o‘rnatilishini e’lon qildi

A A A
Eron uranni boyitish uchun yangi sentrifugalar o‘rnatilishini e’lon qildi

Eron Atom energiyasi bo‘yicha xalqaro agentlikni (MAGATE) ikki maydonda uranni boyitish uchun yangi sentrifugalar o‘rnatish qarori haqida xabardor qildi.

Bu haqda Reuters agentligi MAGATE hisobotiga tayanib xabar berdi.

Unga ko‘ra, Eron yaqin haftalarda Fordo ob’ektida 174 ta IR-6 sentrifugali 8 ta kaskadni o‘rnatishni rejalashtirmoqda, 11 iyun holatiga ko‘ra, ikkita kaskad allaqachon o‘rnatilgan. Tehron shuningdek, Natanzedagi inshootga 18 ta IR-2M sentrifugalarini o‘rnatishni rejalashtirmoqda, deyiladi xabarda.

Avvalroq Tehronni agentlik bilan yetarli darajada hamkorlik qilmayotganlikda ayblab tanqid qilgan MAGATE Boshqaruvchilar kengashining yangi rezolyusiyasiga javoban Eron Natanze va Fordo yadroviy maydonlarida “bir qator choralar” ko‘rgani ma’lum qilingan edi.

Rezolyusiya Buyuk Britaniya, Germaniya va Fransiya tomonidan taklif qilingan.

MAGATE rahbari Rafael Grossining ta’kidlashicha, agentlik Eron yadroviy dasturining “mutlaq tinch holatda” ekanini hali tasdiqlay olmaydi. Shu bilan birga, u tashkilotda Tehronning yadroviy qurol yaratish rejalarini ko‘rsatadigan hech qanday ma’lumot yo‘qligini tan oldi.

Kiritildi: 11:07 14.06.2024. O'qildi: 1038 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!