Eron AQShning yangi saylangan prezidenti Donald Tramp bilan yarashishga harakat qilishga qaror qildi. Eron hukumati respublika ma’muriyati bilan muloqotga tayyorligini ko‘rsatdi, deb yozadi Financial Times (FT).
Eron tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari Majid Taxt-Ravonchi gazeta bilan suhbatda Tehronning muzokaralarga tayyorligini ta’kidladi, ammo majburlash yon bosishga olib kelmasligidan ogohlantirdi.
Tramp saylovoldi chiqishlarida Eronga «maksimal bosim» strategiyasini qaytarishga va Eron neftiga qarshi sanksiyalarni tiklashga va’da berdi.
Taxt-Ravonchi 2015 yilgi yadroviy kelishuvni, agar AQSh o‘z majburiyatlariga qaytsa, bo‘lajak muzokaralar uchun potensial asos sifatida ta’kidladi. U Eronning o‘zaro qadamlarga tayyorligini tasdiqladi, ammo qattiq pozisiya teng qarshilikka duch kelishidan ogohlantirdi.
«Biz muzokaralar tarafdorimiz, lekin tahdidlarga berilmaymiz», deb ta’kidladi diplomat.