AQSh va Eron Ummon poytaxtida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda muzokaralar jarayonini davom ettirishga kelishib oldi. Bu haqda Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arog‘chi iron milliy televideniyesiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb xabar beradi Mehr.
Vazirning so‘zlariga ko‘ra, tomonlar aloqalarni davom ettirishga rozi bo‘lgan, biroq keyingi uchrashuvning vaqti va joyi hali aniqlanmagan.
«Bugun bir necha raund uchrashuvlar o‘tkazildi, o‘z pozisiyalarimiz va xavotirlarimiz bayon etildi, masalalar juda yaxshi muhitda muhokama qilindi. Umuman olganda, bu yaxshi boshlanish, ammo uning davomi poytaxtlardagi maslahatlarga bog‘liq», — dedi yuqori lavozimli eron diplomati.
Shuningdek, u bugungi muzokaralarni «uzoq davom etgan va jadal» deb tavsifladi. Uning aytishicha, vositachilar orqali o‘tgan bir necha uchrashuvlar soat 10:00 dan 18:00 gacha davom etgan.