Bugun 20 noyabr, 2024 yil, chorshanba

КИР

Eron tashqi ishlar vaziri Tehronga qarshi yangi sanksiyalari yuzasidan Fransiyaga norozilik bildirdi

Eron tashqi ishlar vaziri Tehronga qarshi yangi sanksiyalari yuzasidan Fransiyaga norozilik bildirdi

Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Araqchi fransiyalik hamkasbi Jan Noel Barroga Tehronga qarshi yangi sanksiyalar paketi qabul qilinishi munosabati bilan norozilik bildirdi.

Bu haqda Eron TIV xabarida aytiladi.

"Telefon muloqoti chog‘ida Araqchi Yevropa davlatlarining Eronga qarshi yangi sanksiyalar qabul qilinishi munosabati bilan amalga oshirayotgan asossiz va provokasion harakatlarini keskin tanqid qildi", — deyiladi bayonotda.

Diplomatlar, shuningdek, Eron yadro dasturi bo‘yicha Eron va Yevropa davlatlari o‘rtasidagi muzokaralar atrofidagi vaziyat va Yaqin Sharq mintaqasidagi so‘nggi voqealarni muhokama qildi.

Kiritildi: Bugun 16:44. O'qildi: 190 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!