Eron tashqi ishlar vaziri Abbos Arag‘chi Livanga tashrifi davomida "Hizbulloh" bosh kotibi Naim Qosim bilan uchrashdi.
Bu haqda Eron davlat teleradiokompaniyasi xabar bermoqda.
Avvalroq Isroil armiyasi Livan janubidagi "Hizbulloh" harbiy infratuzilmasiga, jumladan, qurol omborlari va raketa qurilmalariga 27 ta havo hujumi uyushtirganini e’lon qilgan edi.