Eron rasmiylari Shahid-Rajai portida sodir bo‘lgan portlashga qo‘poruvchilik yoki FVP dronlari zarbasi sabab bo‘lgan bo‘lishi mumkinligini istisno qilmayapti.
Bu haqda mamlakat Majlisi (parlamenti) Milliy xavfsizlik va tashqi siyosat qo‘mitasi a’zosi Muhammad Mehdi Shahriyariy ma’lum qildi.
"Hodisa, jumladan, FPV dronlari tomonidan qo‘zg‘atilgan yoki qo‘poruvchilik natijasida, ehtimol, tashqaridan kirgan odamlar ishtirokida sodir bo‘lgan bo‘lishi mumkin" dedi parlament a’zosi Rouydad 24 portaliga bergan intervyusida.