18 iyun tuni Eron hududidan uchirilgan bir nechta raketalarning Isroil hududiga qo‘lash natijasida yong‘inlar chiqqan, bir bino zarar ko‘rgan. Isroilning havo hujumidan mudofaa tizimlari raketa hujumini to‘liq bartaraf etolmagani qayd etildi.
Isroil harbiy radiosi ma’lumotlariga ko‘ra, ayrim manbalarda bir necha Eron raketalari Isroil hududiga yetib kelgani aytiladi.
Radio raketalarning aniq qayerga qo‘lgani haqida ma’lumot bermagan, ammo Israel Hayom gazetasi dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, kamida ikki raketa Quddus atrofida va Tel-Aviv yaqinidagi Sharon hududida qo‘lganini xabar qilmoqda.
12-kanal esa Eron hujumi natijasida Isroil markaziy qismidagi bir bino zarar ko‘rganini, shuningdek, yong‘in o‘chirish xizmatlari 20 dan ortiq transport vositasidagi yong‘inni bartaraf etganini bildirmoqda.
Shuningdek, raketalarning qoldiqlari mamlakat shimolidagi bir binoga tushgani, ochiq joylarda esa raketalar yoki ularning bo‘laklari tushishi sababli ko‘plab yong‘inlar chiqqanini ma’lum qilmoqda.