Bugun 26 sentyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Eron qo‘shni davlatlardagi aeroportlar faoliyatini izdan chiqarsa nima bo‘ladi?

Eron qo‘shni davlatlardagi aeroportlar faoliyatini izdan chiqarsa nima bo‘ladi?

Eron qo‘shni davlatlardagi aeroportlar faoliyatini izdan chiqarish bilan tahdid qildi

AQSh sanksiyalari doirasida qo‘shni davlatlar Eron samolyotlarini qabul qilishni to‘xtatsa, o‘zlarining aeroportlari izdan chiqariladi. Bu haqda Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi rahbari Muhsin Rizoiy ma’lum qildi.

"Agar siz bizning reyslarimizni taqiqlab, AQSh bilan hamkorlik qila boshlasangiz, aeroportlaringiz boshqa parvozlarni amalga oshira olmaydi. Agar siz AQSh tomonida bo‘lsangiz, biz sizni boshqa ko‘rmaymiz", — dedi Rizoiy.

Shuningdek, u AQSh prezidenti Donald Tramp Eronning yadroviy ob’ektlariga yoki mamlakat tog‘larida joylashgan ob’ektlarga hujum qilishni xohlashi mumkinligini aytdi.

"Qurolli kuchlarimiz javob harakatlariga tayyor", — deya ta’kidladi Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi rahbari.

AQSh moliya vaziri Skott Bescent 23 sentyabrdan xorijiy aeroport va kompaniyalar Eron aviasiyasiga xizmat ko‘rsatsa, cheklovlarga duch kelishi, dollar orqali hisob-kitob qilish tizimidan uzilishini aytgandi. Hozirda Turkmaniston va Ozarboyjon Eron aviakompaniyalari uchun havo hududini yopgan. Eronning Varesh Airlines aviakompaniyasining Tojikistonga uchgan samolyoti 24 sentyabr kuni Imom Xumayniy aeroportiga qaytishga majbur bo‘lgan. Chunki Turkmaniston Eron samolyotiga o‘z havo hududini kesib o‘tishga ruxsat bermagan.

Kiritildi: 20:00 25.09.2026. O'qildi: 450 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!