Bugun 5 dekabr, 2025 yil, juma

КИР

Eron qurg‘oqchilik sharoitida sun’iy ravishda yomg‘ir yog‘dirish uchun kimyoviy usullardan foydalanishni boshladi

Eron qurg‘oqchilik sharoitida sun’iy ravishda yomg‘ir yog‘dirish uchun kimyoviy usullardan foydalanishni boshladi

"Mazkur amaliyot samolyotlardan yoki yerdan turib bulutlarga kumush yoki kaliy yodid kabi kimyoviy moddalarni kiritishni o‘z ichiga oladi. Bu suv bug‘ining kondensasiyasini va undan keyingi yog‘ingarchilikni tezlashtiradi", deya jarayonga izoh berdi nashr.

Eronning rasmiy IRNA axborot agentlikning xabar berishicha, shanba kuni bu jarayon Urmiya sho‘r suv havzasi ustida amalga oshirilgan. Urmiya Eronning eng katta ko‘li edi, ammo bir necha yillik qurg‘oqchilik natijasida u sezilarli darajada qurib qoldi.

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, sun’iy ravishda yomg‘ir yog‘dirish amaliyoti Eronning G‘arbiy va Sharqiy Ozarboyjon viloyatlarida ham davom etadi.

Eron Meteorologiya tashkiloti ma’lumotlariga ko‘ra, bu yil mamlakatda yog‘ingarchilik uzoq muddatli o‘rtacha ko‘rsatkichdan 89 foiz past. 9 milliondan ortiq aholiga ega poytaxt Tehron shahrida suv omborlari o‘z sig‘imining 10 foizdan kamroq qismigacha pasaydi.

Rasmiylar suv ta’minotida cheklovlarni istisno qilmayapti, prezident Ma’sud Pizishkiyon esa Tehronni evakuasiya qilish zaruriyati yuzaga kelishi mumkinligini aytdi.

Kiritildi: 17:08 17.11.2025. O'qildi: 1011 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!