Vertolyot qulashida halok bo‘lgan Eron prezidenti Ibrohim Raisiy jasadi seshanba kuni Tabrizdan tug‘ilib o‘sgan shahri Mashhadga yuboriladi. Bu haqda «Fars» agentligi ma’lum qildi.
O‘z navbatida, «Tasnim» agentligining ta’kidlashicha, bugun Mashhadda Raisiyning dafn marosimiga bag‘ishlangan kengash yig‘ilishi bo‘lib o‘tgan. Asosiy ko‘cha yoki maydonlardan biriga marhum prezident nomini berishga qaror qilingan.
Eron prezidenti Ibrohim Raisiy va hamrohlarining dafn marosimi 21 may kuni Tabrizda bo‘lib o‘tadi.
Bu haqda «Mehr» agentligi ma’lum qildi, deb yozadi «Report» TASS agentligiga tayanib.
Eslatib o‘tamiz, Eron prezidenti Ibrohim Raisi vertolyoti Eron-Ozarbayjon chegarasidan uncha uzoq bo‘lmagan Verzegan shahri yaqiniga xavfli qo‘ngan edi. Hodisa oqibatida barcha yo‘lovchilar va ekipaj a’zolari halok bo‘ldi.