Eron prezidenti Masud Pezeshkianning idorasi "Internet Pro" tashabbusi va amaldagi cheklovlar vaqtinchalik ekanligini ma’lum qildi.
Bu haqda "Fars" axborot agentligi xabar berdi.
"Internet Pro" - bu tadbirkorlar, olimlar va ayrim davlat idoralari kabi cheklangan miqdordagi shaxslarga global internetga kirish imkonini beruvchi tashabbus.
"Oliy Milliy Xavfsizlik Kengashi qarori bilan amalga oshirilgan "Internet Pro" loyihasi global internetga zarur kirishni ta’minlashning vaqtinchalik vositasidir. Pezeshkian odamlarning xalqaro internetga kirishini cheklashga qat’iyan qarshi, ammo urush holatida ixtisoslashgan agentliklar internetni ochish e’tibor talab qiladigan xavflarni keltirib chiqaradi, deb hisoblashadi", deyiladi bayonotda.
Shuni ta’kidlash kerakki, Eronda internetga cheklovlar 2025 yil 28 dekabrda ommaviy norozilik namoyishlari va tartibsizliklar tufayli joriy etilgan. AQSh va Isroil 28 fevralda Eronga qarshi operasiya boshlaganidan beri cheklovlar o‘z kuchida qolmoqda.