Bugun 30 yanvar, 2026 yil, juma

КИР

Eron prezidendti: "Agar AQSh chindan ham haqiqiy diplomatiyani izlayotgan bo‘lsa, o‘zining provokasion harakatlarini to‘xtatishi kerak"

Eron prezidendti: "Agar AQSh chindan ham haqiqiy diplomatiyani izlayotgan bo‘lsa, o‘zining provokasion harakatlarini to‘xtatishi kerak"

Biz urush va mojarolar ikkala tomonning ham manfaatlariga mos kelmasligiga ishonamiz va biz o‘zaro hamkorlik va diplomatiyani ustuvor vazifa qilib qo‘yamiz. Biroq, biz o‘zini himoya qilish yo‘lida harakat qilishdan tortinmaymiz.

Bu haqda Eron prezidenti Masud Pezeshkian Pokiston bosh vaziri Shahboz Sharif bilan telefon orqali suhbat chog‘ida aytib o‘tdi.

Iran International xabariga ko‘ra, Pezeshkian AQShning muzokaralar bo‘yicha taklifiga ham shunday izoh berdi:

"Agar Amerika chindan ham haqiqiy diplomatiyani izlayotgan bo‘lsa, u o‘zining provokasion harakatlarini to‘xtatishi kerak".

Shuni ta’kidlash kerakki, Pezeshkian va Shahboz Sharif telefon orqali suhbat chog‘ida Yaqin Sharqdagi voqealarni ham muhokama qilishdi va diplomatik muloqotni davom ettirish niyatlarini bildirishdi.

Kiritildi: Bugun 08:45. O'qildi: 314 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!