Eron portida sodir bo‘lgan portlash oqibatida halok bo‘lganlar soni 40 nafarga yetdi, yaradorlar soni esa 1200 kishidan oshdi. Bu haqda Reuters xabar berdi.
Xabar berilishicha, Shahid-Rajai portdagi minglab konteynerlarga shikast yetgan, moliyaviy zarar 0,5–2 milliard dollar atrofida baholanmoqda.
Eron Sog‘liqni saqlash vazirligi port joylaahgan Ho‘rmuzgon viloyatida favqulodda holat rejimi e’lon qilib, aholidan uylarda qolish va derazalarni ochmaslikni, shuningdek, niqob taqib yurishni so‘ragan.
Hodisa yuzasidan tergov harakatlari olib borilmoqda. Mamlakat prezidenti Mas’ud Pizishkiyon portlash bo‘yicha tekshiruv borishini nazorat qilish uchun mamlakat ichki ishlar vaziri ushbu hududga yuborilganini ma’lum qilgan. Fojia munosabati bilan Eronda milliy motam e’lon qilingan.