Bugun 29 mart, 2026 yil, yakshanba

КИР

Eron Pokistonning yana 20 ta kemasiga Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tishga ruxsat berdi

Eron Pokistonning yana 20 ta kemasiga Ho‘rmuz bo‘g‘ozidan o‘tishga ruxsat berdi

Bu haqda Pokiston TIV o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.

Pokiston tashqi ishlar vaziri Ishoq Dor Eron hukumatining Pokiston bayrog‘i ostidagi yana 20 ta kemaning bo‘g‘oz orqali o‘tishiga rozilik berganini ma’lum qildi.

Unga ko‘ra, har kuni ikkitadan kema ushbu yo‘lni kesib o‘tadi. Vazir buni mintaqada tinchlik va barqarorlikni ta’minlash yo‘lidagi muhim hamda konstruktiv qadam deb baholadi.

Ishoq Dorning ta’kidlashicha, bu kabi ishonchni mustahkamlash choralari, muloqot va diplomatiya mavjud masalalarni hal qilishning yagona to‘g‘ri yo‘lidir.

Kiritildi: Bugun 15:15. O'qildi: 355 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!