"Tomonlar o‘zaro kelishib olgan choralardan ikkitasi hali amalga oshirilmadi, bular Livanda o‘t ochishni to‘xtatish va muzokaralar boshlanishidan oldin Eronning muzlatib qo‘yilgan aktivlarini blokdan chiqarish.
Muzokaralar boshlanishidan avval ushbu ikki masala hal etilishi shart", — deb yozdi Muhammad Boqir G‘olibof.
"Hozirgi urushda biz ularga shuni ko‘rsatdikki, agar ular muzokaralardan samarasiz ko‘zbo‘yamachilik va aldov uchun foydalanmoqchi bo‘lsalar, biz o‘z huquqlarimizni Xudoga ishonib va xalqimizning kuchiga tayanib himoya qilishga tayyormiz," - dedi Muhammad Bagir G‘olibof.
Uning aytishicha, agar vaziyat yaxshi bo‘lsa, Tehron Vashington bilan kelishuvni qo‘llab-quvvatlaydi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq, Oq uy rahbari Livan kelishuv doirasiga kirmasligini aytgan edi.