Eron parlamenti poytaxtni ko‘chirish masalasini muhokama qilishi mumkin,
Eron poytaxtini Tehrondan ko‘chirish jarayoni juda ko‘p mehnat va resurslarni talab qilsada, uni amalga oshirish nihoyatda muhim.
Bu haqda Eron parlamenti ichki siyosat qo‘mitasi a’zosi Seyid Ruhulloh Musaviy ILNA agentligiga bergan intervyusida ma’lum qildi, deb yozadi «Report» TASS agentligiga tayanib.
«Poytaxtni ko‘chirish juda ko‘p mehnat va mablag‘ talab qiladigan murakkab jarayon, ammo poytaxt ko‘chiriladigan hududda tegishli tayyorgarlik ko‘rilsa, buning imkoni bor», - deydi u.
Qo‘mita a’zosining fikricha, ayrim vazirliklarni ixtisoslashgan kompaniyalar va ishlab chiqarish jamlangan hududga ko‘chirish mantiqan to‘g‘ri bo‘lardi, suvga bo‘lgan talab katta bo‘lgani uchun po‘lat sanoati ob’ektlarini dengizga yaqin joyda joylashtirish mumkin.
Avvalroq, Eron prezidenti Masud Pezeshkian poytaxtni Tehrondan Fors ko‘rfazi qirg‘oqlariga ko‘chirish zarurligini bildirgan edi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Tehron hozirda boshqa yo‘l bilan hal qilib bo‘lmaydigan muammolarga duch kelmoqda.