Bugun 27 noyabr, 2026 yil, juma

КИР

Eron maxsus xizmatlari 11 nafar terrorchini yo‘q qildi

A A A
Eron maxsus xizmatlari 11 nafar terrorchini yo‘q qildi

Eronning G‘arbiy Ozarbayjon viloyati Ushnaviya tumanida terrorchilar to‘dasi zararsizlantirildi. Bu haqda mamlakat Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi ma’lum qildi.

«RIA Novosti» axborotiga ko‘ra, maxsus xizmat tomonidan kamida 11 nafar jangari yo‘q qilingan.

Maxsus operasiya davomida korpus harbiy xizmatchilari yana bir necha nafar terrorchini yarador qilgan, ko‘plab miqdordagi qurol-yarog‘, aloqa vositalarini qo‘lga kiritgan.

Avvalroq, 20 iyul kuni korpusning kamida o‘n nafar jangchisi Kurdiston viloyatida yuz bergan terrorchilar hujumi oqibatida halok bo‘lgani haqida xabar berilgan edi.

Manba: daryo.uz

Kiritildi: 21:47 11.08.2018. O'qildi: 1387 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik