Bugun 12 fevral, 2026 yil, payshanba

КИР

Eron inspektorlarni yadroviy inshootlarga kirishga ruxsat berishga tayyor

Eron inspektorlarni yadroviy inshootlarga kirishga ruxsat berishga tayyor

Eron yadroviy dasturida harbiy komponent yo‘qligini isbotlash uchun inspektorlarga yadroviy inshootlarga kirishga ruxsat berishga tayyor.

Bu haqda Eron prezidenti Masud Pezeshkian buni ma’lum qildi.

"Biz yadroviy qurol ishlab chiqarishga intilmasligimizni bir necha bor ta’kidlaganmiz", dedi u.

Avvalroq Xalqaro Atom Energiyasi Agentligi (MAGATE) bosh direktori Rafael Grossi inspektorlar Natans, Fordov va Isfahondagi inshootlarga kirish uchun bir necha oydan beri kutayotganini aytgan edi. Eron "aniq choralar va protokollar" zarurligini ta’kidlamoqda, ammo Grossining so‘zlariga ko‘ra, "bular asosan siyosiy pozisiya bo‘lgan bahonalardir".

Eslatib o‘tamiz, Eron va Qo‘shma Shtatlar o‘rtasidagi muzokaralar 6 fevral kuni Ummonda bo‘lib o‘tgan edi. AQSh prezidenti Donald Tramp ularni muvaffaqiyatli deb atadi va muloqot davom etishini aytdi. Eron tashqi ishlar vaziri ham muzokaralarni yuqori baholadi.

Kiritildi: Bugun 11:50. O'qildi: 215 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!