Bugun 18 iyun, 2025 yil, chorshanba

КИР

Eron hududidan 30 dan ortiq o‘zbekistonlik evakuasiya qilindi —O‘zbekiston TIV

Eron hududidan 30 dan ortiq o‘zbekistonlik evakuasiya qilindi —O‘zbekiston TIV

Tashqi ishlar vazirligiga ko‘ra, joriy yil 16 iyun holatiga ko‘ra 30 dan ortiq O‘zbekiston fuqarosi Eron hududidan Turkmaniston va Ozarboyjon orqali muvaffaqiyatli evakuasiya qilingan.

Qayd etilishicha, mazkur jarayonga Turkmaniston, Ozarbayjon va Erondagi diplomatik idoralar yaqindan ko‘mak bergan.

"Fuqarolarimizning xavfsizligini ta’minlash maqsadida barcha zarur choralar ko‘rilmoqda. Eron va Isroildagi elchixonalarimiz 24/7 rejimida faoliyat yuritmoqda.

Ayni paytda ushbu davlatlarda bo‘lib turgan fuqarolarimizga xavfsiz joylarda bo‘lish, rasmiy axborotlarni doimiy ravishda kuzatib borish va elchixonalarimiz bilan aloqada bo‘lish tavsiya etiladi", – dedi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi. Ahror Burhanov.

Kiritildi: 14:07 16.06.2025. O'qildi: 454 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!