Bugun 11 iyun, 2026 yil, payshanba

КИР

Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopilganini e’lon qildi

Eron Hormuz bo‘g‘ozini yopilganini e’lon qildi

Eron Fors ko‘rfazi va Hormuz bo‘g‘ozi orqali barcha kemalar harakatini vaqtincha to‘xtatganini ma’lum qildi.

Rasmiy bayonotda aytilishicha, qaror Hormuz bo‘g‘ozi atrofida keskinlik kuchaygani va AQSh harbiylarining “tajovuzkor harakatlari” bilan bog‘liq vaziyat sabab qabul qilingan.

Xabarda qayd etilishicha, tranzit uchun ruxsat olgan kemalarga hozircha harakatni to‘xtatib turish va keyingi ko‘rsatmalarni kutish so‘ralgan.

Ma’lumotga ko‘ra, bu bayonot Fors ko‘rfazi ishlari boshqarmasi (PGSA) rasmiy hisobidan e’lon qilingan.

Hormuz bo‘g‘ozi dunyo neft tashuvining eng muhim yo‘laklaridan biri hisoblanadi va uning yopilishi global energetika bozorlariga jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkin.

Kiritildi: Bugun 19:57. O'qildi: 255 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!