Bugun 28 noyabr, 2026 yil, shanba

КИР

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini e’lon qildi

Eron Hormuz bo‘g‘ozini ochish shartlarini e’lon qildi

Tehron Livanda sulh e’lon qilinmaguncha Hormuz bo‘g‘ozini ochmaydi.

Bu haqda Tasnim axborot agentligi manbalarga tayanib xabar bermoqda.

Hormuz bo‘g‘ozini ochishning dastlabki shartlari Eronning xorijiy aktivlarini blokirovkadan chiqarish, Livanni ham o‘z ichiga olgan barcha jabhalarda harbiy operasiyalarni to‘xtatish, blokadani to‘liq bekor qilish va neft sotish uchun ruxsatnomalar berishni o‘z ichiga oladi.

Manbaga ko‘ra, Eron rasmiylari AQShning Eron portlarini blokadadan chiqarishi Tehron va Vashington o‘rtasidagi munosabatlarni normallashtirish uchun hali yetarli emas deb hisoblashadi.

Kiritildi: 08:40 22.06.2026. O'qildi: 1638 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik