Bugun 28 sentyabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Eron hech qachon tajovuzkor oldida tiz cho‘kmaydi — Pezeshkiyon

A A A
Eron hech qachon tajovuzkor oldida tiz cho‘kmaydi — Pezeshkiyon

Eron prezidenti Masud Pezeshkiyonning BMT Bosh Assambleyasida nutqidan asosiy fikrlar:

▪️Tehron hech qachon yadro quroliga ega bo‘lishni maqsad qilmagan. Yevropaning uch davlati Eronga qarshi xalqaro sanksiyalarni qayta joriy etishga qaror qilgani — noqonuniy.

▪️Tehronga qarshi tajovuz - Yaqin Sharqdagi barqarorlikka zarba.

▪️Dunyoda xavfsizlik kuch bilan emas, balki o‘zaro hurmat, ko‘p qirralilik va xalqaro huquq normalariga rioya qilish orqali ta’minlanadi.

▪️Isroil va AQShning Eronga zarbalari diplomatik muzokaralar chog‘ida sodir bo‘lib, mintaqada barqarorlikni o‘rnatishga qaratilgan sa’y-harakatlarga putur yetkazdi.

▪️Eron yillar davomida genosid yoki bolalar ochligi orqali emas, balki barcha davlatlar bilan hamkorlik qilib, o‘z salohiyatini rivojlantirib kelmoqda.

▪️"Kim Eronga hujum qilsa, u butun Yaqin Sharq tinchligi va barqarorligiga hujum qilgan bo‘ladi. Eron hech qachon tajovuzkorlar oldida bosh egmaydi"

Kiritildi: 22:15 24.09.2025. O'qildi: 1115 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!