“Bugun siz va Isroil tomonidan sodir etilgan terrorchi hujumlarda bir nechta Eron fuqarolari halok bo‘ldi. Bu hujumlarni rejalashtirishda AQShning AKT va CI kompaniyalari asosiy rol o‘ynagani sababli, ular bundan buyon bizning qonuniy nishonlarimiz bo‘ladi”, - deyiladi Islom inqilobi qo‘riqchilari korpusi xabarida.
Xabarda Cisco, HP, Intel, Oracle, Microsoft, Apple, Google, Meta, IBM, DELL, Palantier, Nvidia, GP. Morgan, Tesla, GE, Spire Solutions, G42 va Boeing nomlari tilga olingan bo‘lib, mintaqadagi ushbu korxona xodimlariga o‘z ofislarini tark etish tavsiya etilgan.