Bugun 11 noyabr, 2025 yil, seshanba

КИР

Eron fuqarolariga ichimlik suvini zaxiralashni maslahat berdi

Eron fuqarolariga ichimlik suvini zaxiralashni maslahat berdi

Eron hukumati qurg‘oqchilik sabab mamlakat fuqarolariga ichimlik suvi zaxiralab qo‘yishni tavsiya qildi, deb xabar bermoqda BBC.

Eron prezidenti Mas’ud Pizishkiyonning so‘zlariga ko‘ra, agar yaqin orada yomg‘ir yog‘masa, Tehronda suv ta’minotini cheklashga to‘g‘ri keladi, biroq bu chora ham falokatning oldini olish uchun yetarli bo‘lmasligi mumkin.

Meteorologlarning ma’lum qilishicha, yaqin 10 kun ichida Eronda yog‘ingarchilik kutilmayapti, bu esa suv tanqisligini yanada kuchaytirishi mumkin.

Avvalroq, Eron prezidenti suv inqirozi yanada kuchaygan taqdirda Tehron evakuasiya qilinishi mumkinligini aytgan edi.

Kiritildi: 20:35 10.11.2025. O'qildi: 505 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!