Eron o‘ziga qarshi mojaroda ishtirok etayotgan mamlakatlarning harbiy qo‘mondonlari va hukumat amaldorlarining turar joylari zarbalar uchun qonuniy nishon ekanligini ta’kidladi.
Bu haqda Eron Islom Respublikasi Qurolli kuchlari shtab-kvartirasining bayonotida aytilgan.
“Dushman davlatlar qo‘mondonlari va amaldorlarining turar joylari Eron uchun qonuniy nishonlardir”, deb qo‘shimcha qilinadi bayonotda.