Bugun 18 may, 2024 yil, shanba

КИР

Eron delegasiyasi SHHTda ishtirok etish uchun Toshkentga yetib keldi

Eron delegasiyasi SHHTda ishtirok etish uchun Toshkentga yetib keldi

Eron rasmiy delegasiyasi SHHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashining navbatdagi majlisida ishtirok etish uchun Toshkentga keldi. Bu haqda O‘zA xabar berdi.

Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroportida yuqori martabali mehmonni O‘zbekiston Bosh vaziri o‘rinbosari Aziz Abduhakimov va boshqa rasmiy shaxslar kutib oldi.

Toshkentda 1—2 noyabr kunlari o‘tadigan nufuzli anjumanda SHHTga a’zo davlatlar hukumat rahbarlari kengashi kun tartibidagi dolzarb masalalar, shuningdek, tashkilot doirasida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash va rivojlantirish istiqbollari muhokama qilinadi.

Majlisda hukumat rahbarlari xalqaro va mintaqaviy ahamiyatga molik dolzarb masalalar yuzasidan ham fikr almashadi.

Muzokaralar yakuni bo‘yicha SHHT doirasidagi munosabatlarni yanada kengaytirishga qaratilgan qator hujjatlar imzolanishi kutilmoqda.

Kiritildi: 13:45 01.11.2019. O'qildi: 2072 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!