Eronda bir kunda AQSh va Isroil bilan aloqada gumon qilingan 69 kishi hibsga olindi.
ISNA agentligiga tayanib xabar berishicha, hibsga olinganlar orasida jurnalistlar ham bor.
Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, shaxslar nozik joylar haqida ma’lumot uzatishni, shuningdek, sabotaj harakatlarini amalga oshirishni niyat qilganlikda gumon qilingan.
Hibsga olinganlardan o‘qotar qurollar, tig‘li qurollar va aloqa uskunalari topilib, musodara qilindi.