Bugun 16 iyul, 2025 yil, chorshanba

КИР

Eron bilan transport sohasidagi hamkorlik yangi bosqichlarda rivojlantiriladi

A A A
Eron bilan transport sohasidagi hamkorlik yangi bosqichlarda rivojlantiriladi

Joriy yil 19 sentyabrda Transport vaziri Ilhom Maxkamov Eronning Savdo-sanoat, konchilik va qishloq xo‘jaligi palatasi raisi Samad Hasanzoda boshchiligidagi delegasiya vakillari bilan uchrashdi.

Ikki davlat elchilari hamrohligida o‘tkazilgan uchrashuvda tomonlar transport va logistika sohasida hamkorlik aloqalarining bugungi holati va uni rivojlantirish istiqbollarini muhokama etdilar.

Xususan, avtomobil transportida xalqaro yuk tashuvlar jarayonida milliy tashuvchilarga qulay sharoitlarni yaratish, tashuvlarda undiriladigan yig‘im va to‘lovlarni paritet asosida belgilash, xalqaro transport koridorlarini rivojlantirish masalalari ko‘rib chiqildi, deb xabar beradi Transport vazirligi matbuot xizmati.

Kiritildi: 11:18 20.09.2024. O'qildi: 784 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!