Bugun 27 mart, 2026 yil, juma

КИР

Eron bilan birdamlik ramzi! Yaman husiylari xalqaro yuk tashuvchi kemalarga zarba berishga tayyorligini ma’lum qildi

Eron bilan birdamlik ramzi! Yaman husiylari xalqaro yuk tashuvchi kemalarga zarba berishga tayyorligini ma’lum qildi

Bu haqda Reuters xabar berdi.

"Husiylarning ushbu qarori Yaqin Sharqdagi urush oqibatida yuzaga kelgan global neft va iqtisodiy inqirozni yanada chuqurlashtirishi mumkin. Agar husiylar urushda yangi front ochsa, ularning asosiy nishoni Yaman qirg‘oqlaridagi Bob al-Mandeb bo‘g‘ozi bo‘lishi kutilmoqda", deya xabar bermoqda nashr.

Eron tomonidan strategik Ho‘rmuz bo‘g‘ozi yopib qo‘yilgan bir sharoitda Bob al-Mandeb Suvaysh kanali tomon dengiz qatnovini nazorat qiluvchi eng muhim o‘tish yo‘lagi bo‘lib turibdi.

"Biz barcha variantlar uchun harbiy jihatdan to‘liq tayyormiz. Harbiy amaliyotni qachon boshlash rahbariyat ixtiyorida. Hozircha Eron dushmanni har kuni mag‘lub etib, muvaffaqiyatli harakat qilmoqda. Voqealar rivojini kuzatib boryapmiz, shu orqali harakatlanish uchun qulay vaqtni bilib olamiz", — dedi ismini oshkor qilmaslikni so‘ragan husiylar yetakchisi.

Tahlilchilarning fikricha, husiylar maksimal bosim o‘tkazish uchun Eron bilan kelishilgan holda eng qulay vaqtni kutmoqda. Eronning Tasnim agentligi harbiy manbalarga tayanib, agar Eron hududi yoki orollariga hujum qilinsa, Bob al-Mandebda yangi front ochilishi mumkinligidan ogohlantirdi.

"Eronning Livan va Iroqdagi ittifoqchilari AQSh hamda Isroilning Tehronga bergan zarbalaridan so‘ng allaqachon mintaqaviy urushga qo‘shilgan. Fors ko‘rfazidagi qo‘shnilariga zarba berish va Arabiston yarimoroli atrofidagi dengiz navigasiyasiga jiddiy zarar yetkazish quvvatiga ega bo‘lgan husiylar esa hozircha kutish pozisiyasida turibdi", deyiladi Reuters xabarida.

Kiritildi: Bugun 14:05. O'qildi: 400 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!