Eron harbiylari BAAga qarshi raketalar yoki dronlar uchirmadi.
Bu haqda Eronning "Xatam al-Anbiya" harbiy qo‘mondonligi vakili Ibrohim Zulfag‘oriyga xabar berdi.
"Eron qurolli kuchlari so‘nggi kunlarda BAAga qarshi hech qanday raketa yoki dron operasiyalarini o‘tkazmadi va agar bunday harakatlar sodir bo‘lganida, biz buni qat’iy va ochiqchasiga aytgan bo‘lar edik. Shuning uchun BAA Mudofaa vazirligining xabari qat’iyan rad etiladi va hech qanday asosga ega emas", dedi u.
Agar BAA hududi Eronga qarshi hujum uchun ishlatilsa, Tehron qattiq qasos bilan javob qaytaradi, deb qo‘shimcha qildi Zulfag‘oriy.
Shuni ta’kidlash kerakki, BAA havo mudofaasi kuchlari ikki kundan beri Erondan hujumlarni qaytarganliklari haqida xabar berishmoqda. Hujumlar AQSh va Eron o‘rtasida vaqtinchalik sulh tuzilgan paytda boshlangan.