Rossiya tashqi ishlar vazirining ta’kidlashicha, Eronga qarshi tajovuz allaqachon butun mintaqaga ta’sir qilmoqda. Shu bilan birga, Eronning yadro quroliga ega ekaniga dalillar yo‘q, Xalqaro atom energiyasi agentligi va AQSh razvedka ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakatda bunday rejalar ham yo‘q.
Lavrov AQSh Eron bilan cheklanib qolmasligi mumkinligini, davlat kotibi Marko Rubio AQShning Venesuelaga o‘xshash tarzda Eronni "boshqarishi" mumkin degan variantni ko‘rsatganini aytib o‘tdi.
Vazir endi shunday sxema Kubaga nisbatan ham muhokama qilinayotganini qo‘shimcha qildi.