Bu haqda The New York Times xabar berdi.
Eron hukumati Tel-Avivning javob hujumini kutayotgan bir paytda mamlakat Qurolli kuchlariga Isroil bilan urushga tayyorgarlik ko‘rishni buyurdi.
«The New York Times» nashrga ko‘ra, aslida Tehron uchun keng qamrovli urush ssenariysi afzal variant emas. Shuning uchun, Eron Oliy rahnamosi Oyatulloh Ali Xomanaiy harbiylarga Isroil hujumiga qarshi bir nechta harakat rejasini ishlab chiqishni topshirgan.