Bu haqda Eronning Fars axborot agentligi mamlakat harbiy rahbariyatiga yaqin manbasiga tayanib xabar bermoqda.
"Bu qarama-qarshilik kechagi cheklangan harakatlar bilan tugamaydi. Eron zarba berishda davom etadi. Ushbu harakatlar tajovuzkorlar uchun juda og‘riqli bo‘ladi va ularni qilgan ishidan tavba qilishga majbur qiladi. Sionistik rejimning bosqinchilik yo‘li bilan boshlagan urushi yaqin kunlarda ushbu rejim tomonidan bosib olingan barcha hududlar va mintaqadagi Amerika bazalariga tarqaladi va bosqinchilar Eronning hal qiluvchi va keng ko‘lamli javob zarbasi nishoniga aylanadi", — dedi agentlik suhbatdoshi.